Jamiyat | 23:10 / 23.03.2017
14917
1 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum oilasida yangi mehmon dunyoga keldi

BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum yana bir nabirali bo‘ldi - uning qizi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi.

Manal bint Muhammad bin Rashid Al-Maktum o‘z o‘g‘liga Rashid bin Mansur ismini berdi. 

Manal bosh vazir o‘rinbosari va prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al-Nahayyanning turmush o‘rtog‘idir.

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaning barcha a'zolarini yangi mehmon bilan qutlashmoqda. 

 

Mavzuga oid