Jahon | 17:23 / 09.04.2017
22853
1 daqiqa o‘qiladi

Asad: AQSh o‘z maqsadiga erisha olmaydi

Suriya prezidenti Bashar Asad Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. SANA xabariga ko‘ra, bu muloqot eronliklar tomoni tashabbusi bilan tashkil qilingan.

Asad suhbat davomida amerikaliklar aviazarbalar orqali o‘z maqsadlariga erisha olmasligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bu hujum orqali Suriyadagi jangarilarning ruhini ko‘tardi.

Ruhoniy esa terrorizmga qarshi kurashda Damashq bilan hamkorlik davom ettirilishini ma'lum qilgan. U AQSh Suriya aviabazasini bombalash orqali mamlakat suverenitetini va xalqaro qonunchilik tamoyillarini qo‘pol ravishda buzgani haqida fikr bildirgan.

Bundan oldinroq Turkiya Rossiyani Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishga chaqirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid