Norvegiya poytaxtida portlash sodir etishga urinish bo‘ldi

Norvegiya poytaxti Oslo shahri markazidagi Gryonlann tumaniga portlovchi qurilma o‘rnatildi. Sapyorlar bu shubhali qurilmani zararsizlantirishga erishgan.
Associated Press nashri politsiya boshlig‘i Vidar Pedersenga asoslanib xabar berishicha, portlovchi qurilmani o‘rnatishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Ammo uning shaxsi haqida ma'lum qilinmadi.
Aniqlangan qurilma «vayronkor salohiyat»ga ega bo‘lmagan. Ammo hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan va hududdagi restoranlar hamda boshqa muassasalar yopilib, odamlar evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid

22:17
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

16:49 / 15.02.2025
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi

22:58 / 04.02.2025
NATO sobiq bosh kotibi Norvegiya moliya vaziri etib tayinlandi

21:45 / 28.01.2025