Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyani Asadni qo‘llashni bas qilishga chaqirdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligi haqida gapirdi.
«Bizda avvaldanoq Asad masalasida Rossiya bilan zid qarashlar mavjud. Bu tuzum o‘z fuqarolarini o‘ldirishda davom etmoqda. AQSh esa Suriya xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi haqida bo‘lmoqda»,— deya vazirning so‘zlarini keltirgan TASS.
U Turkiya tomoni Suriyada sulh tuzish tartibiga rioya qilishda davom etishini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya hukumati va armiyasi ushbu sulhga amal qilishini ta'minlash uchun zarur ishlarni amalga oshirmayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Janob Chovusho‘g‘li qayd etganki, bu orqali Turkiya AQSh va Rossiya o‘rtasidan birini tanlamayapti. U Turkiya ikki davlat bilan ham munosabatlarni saqlab qolishni istashini aytgan.
«Suriyada siyosiy o‘tish davrini boshlash kerak. O‘tish hukumati mamlakatni saylovga va yangi konstitutsiyaga tayyorlamog‘i lozim»,— degan turkiyalik vazir.
4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirildi va uning oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni rasmiy Vashington Asad rejimi zimmasiga yukladi. 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini yo‘lladi.
Moskva tomoni ushbu hujumni «tajovuz akti» deya baholadi va AQSh bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almashtirmoqchi.
Jahon | 11:15
-
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi
Jamiyat | 10:54
-
Isroilda G‘azo shahrini nazorat ostiga olish ma’qullandi
Jahon | 10:43
-
«Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik» – Alisher Qodirov
O‘zbekiston | 10:38
Mavzuga oid

00:11 / 22.06.2025
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

20:56 / 30.05.2025
Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan

17:28 / 28.04.2025