Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda qadimiy mumiyolar topildi

Foto: Al-Masry Al-Youm
Misrlik arxeologlar Luksor shahrida fir'avnlarga tegishli bo‘lgan yangi qabrni topishdi. Bu haqda Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid al-Ananiyga iqtibos keltirgan holda Egypt Independent nashri ma'lum qildi.
Luksor g‘arbida joylashgan Podshohlar vodiysidagi Dra Abu al-Nagga qabristonida topilgan qabr "Lager 157" deb nomlandi. U fir'avnlarning 18-sulolasiga (miloddan avvalgi 1550-1292 yillar) tegishli bo‘lib, O‘sarxat ismli shahar maslahatchisiga tegishli bo‘lgan.
"Lager 157"dagi qazish ishlari vaqtida o‘nlab yog‘och tobutlar va 6 ta yaxshi saqlanib qolgan mumiyo aniqlandi. Arxeologlar shuningdek tilla rangga bo‘yalgan niqoblar va mingdan ko‘proq ushebti (qo‘llarini ko‘ksida chatishtirib turgan odam haykalchasi) dafn haykalchalari bo‘lgan quduqni aniqlashgan.
Aprel boshida arxeologlar Qohiradan 26 km uzoqlikda joylashgan, Qadimiy va O‘rta podshohlik fir'avnlari qabristoni Daxshurda avval noma'lum bo‘lgan piramidaning xarobalarini aniqlashgandi. Taxminlarcha, bu piramida fir'avnlarning 13-sulolasi vaqtlarida qurilgan va Snofru fir'avni piramidasidan janubda joylashgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

09:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025