Ilon Mask tirbandlik bilan kurashishning yangi usulini topdi

Foto: YouTube/The Boring Company
Ishbilarmon va milliarder Ilon Mask Los-Anjyeles yo‘llaridagi tirbandlik bilan kurashishning yangi usulini taklif qildi. U o‘z g‘oyasini kompyuter grafikasi ko‘rinishida taqdim etdi.
Ixtirochining g‘oyasiga ko‘ra, yer osti tunnellarining keng tarmog‘i megapolisni tirbandlikdan qutqarishi mumkin. Avtomobil maxsus platformaga kiradi va liftda yer ostiga tushadi. Shundan so‘ng platforma soatiga 200 kilometr tezlikda mashinani kerakli joyga yetkazadi.

Shu tariqa, shahar chekkasidan markazga olib boruvchi yo‘lga atigi bir necha daqiqa ketadi. Test tunneli Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi hududida barpo qilinmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

14:42 / 22.04.2025
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda

23:25 / 13.04.2025