Sport | 21:07 / 11.06.2017
6511
1 daqiqa o‘qiladi

Nadal 10-marotaba "Rolan Garros"ni yutdi

Foto: Gonzalo Fuentes/ Reuters

Ispaniyalik tennischi, "tuproqli kortlar qiroli" Rafael Nadal o‘z faoliyatida 10-marotaba Fransiya ochiq chempionati – "Rolan Garros"ni yutdi. 

Musobaqa finalida ispan shveysariyalik Stanislas Vavrinkani 3 setda 6:2, 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Sportchilar kortda 2 soat-u 5 daqiqa o‘tkazishdi. 

Nadal "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi ushbu nufuzli musobaqani 2005 yildan 2008 yilgacha, 2010 yildan 2014 yilgacha yutgan. Vavrinka esa 2015 yilda bu musobaqa g‘olibi bo‘lgan edi.

Ayollar o‘rtasida latviyalik 20 yoshli Yelena Ostapenko g‘olib bo‘ldi. U finalda ruminiyalik Simona Xalepni dog‘da qoldirdi va faoliyatidagi ilk unvonga erishdi.

Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 36 mln yevroni tashkil qiladi. Uning g‘oliblari 2,1 mln yevrodan mukofot puli olishadi.

Mavzuga oid