Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) musobaqalarida 1000-g‘alabani qo‘lga kiritgan tarixdagi 4-tennischiga aylandi.

Foto: AP Photo
4 noyabrda Nadal Parijda o‘tayotgan “Masters” musobaqasining 2-raundida hamyurti Felisiano Lopes bilan kechgan bahsda uni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuv 34 yoshli Nadal uchun murakkab kechdi. U dastlabki setni raqibiga 6:4 hisobida boy berdi, 2- va 3-setlarni esa 7:5 va 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Nadalning ushbu musobaqa bo‘yicha keyingi raqibi avstraliyalik Jordan Tompson bo‘ladi.
Lopes ustidan qozonilgan g‘alaba Nadal uchun faoliyatidagi 1000-g‘alaba bo‘ldi. Ayni vaqtda uch tennischigina Nadaldan ko‘proq g‘alabaga ega: bular – amerikalik sobiq tennischi Jimmi Konnors (1274 ta g‘alaba), hozirda ham faoliyatini davom ettirayotgan Rojyer Federer (1242) va chexoslovakiyalik sobiq tennischi Ivan Lendl (1068).
Rafael Nadal ayni vaqtda dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi bo‘lib turibdi. U “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning 20tasida g‘alaba qozongan. Jumladan, ispaniyalik tennischi 13 marta Fransiya ochiq chempionati, 2 marta Uimbldon, 4 marta AQSh ochiq chempionati va bir marta Avstraliya ochiq chempionati g‘olibi bo‘lgan. U, shuningdek, bir nechta rekordlar sohibi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda qum bo‘ronlari sabab 800 dan ortiq odam shifoxonalarga murojaat qildi
Jahon | 04:48
-
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
Jahon | 00:12
-
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
Jahon | 23:30 / 04.05.2025
-
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
Jahon | 22:44 / 04.05.2025
Mavzuga oid

19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi

22:47 / 11.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi

22:38 / 09.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros finaliga 13-marta chiqib rekord o‘rnatdi

00:31 / 20.12.2019