Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Kamolot”ning navbatdagi Qurultoyi delegatlari 3 kun davomida nimalar qilishadi?

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida 28-30 iyun kunlari “Kamolot” YoIHning IV Qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.
Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurishi kutilayotgan 600 nafar delegatlarni poytaxtda bir-biridan mazmunli tadbirlar, uchrashuvlar, sayohatlar kutmoqda. Demak, 28 iyun kuni delegatlar kutib olinib, mehmonxonasiga joylashtiriladi. Kechki payt ular uchun O‘zbekistondagi yagona — O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri konserti namoyish etiladi.
29 iyun kunini esa bir-biridan mazmunli va esda qolarli xotiralar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Erta tongdan yoshlar “Shahidlar xiyoboni” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishadi. Qolaversa, ular “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Hazrati Imom majmuasiga ham bo‘lishib, tarixiy va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishadi.
Yana bir guruh yoshlari uchun ta'lim muassasalari vakillarining Toshkent shahridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati bilan tanishuvi tashkil etiladi. Yosh tadbirkor va fermerlarning Toshkent shahridagi “Artel” korxonasi faoliyati bilan tanishuvi hamda Toshkent viloyatidagi “Dena” sok ishlab chiqarish korxonasiga tashrifi rejalashtirilgan. Qolaversa, iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga tashrifi hamda Fanlar akademiyasi Prezidenti va akademiklar bilan uchrashuvi ham nazarda tutilgan. Kechki payt esa delegatlar uchun O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari xizmatda bo‘lishadi. Eng sara spektakllar namoyishi va taniqli aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv yoshlar xotirasida yangi sahifa ochishi aniq.
Shuningdek, 30 iyun delegat ishtirokchilari uchun mas'uliyatli kun bo‘ladi. Yangi kun Mustaqillik maydoniga tashrif hamda “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qo‘yish marosimi bilan boshladi. Shundan so‘ng, Simpoziumlar saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi videokonferensiya shaklida o‘z ishini boshlaydi. Qurultoyda bir qator muhim masalalar ko‘riladi. Qurultoy delegatlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilib, natijalar bo‘yicha OAV xodimlariga ma'lumot taqdim qilinadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025