“Shartli terrorchi” tadbirida taksi haydovchilar hushyorligi tekshirildi

Andijon viloyati Marhamat tumani chegara hududida joylashgan. Hududdagi barcha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kirakashlar shubhali va qidiruvdagi shaxslarga duch kelinganida zudlik bilan IIBga murojaat qilish to‘g‘risida eslatmalar tarqatilgan. Tumanda o‘tkazilayotgan “Kompleks” tadbirlar doirasida tuman IIB tomonidan faoliyatdagi taksi haydovchilarining hushyorligini sinash qilish maqsadida “Shartli terrorchi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir mazmuni quyidagicha: tumanda taksichilik bilan shug‘ullanayotgan avtomashinalarga “shartli terrorchi” o‘tiradi va suhbat davomida o‘zini qidiruvda ekanligi, yonida shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjati yo‘qligini aytib, ma'lum summa evaziga chegara hududiga olib borib qo‘yishini so‘raydi.
Ma'lumki, bunday vaziyatda hushyor va yurt osoyishtaligini o‘ylaydigan har qanday fuqaro zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar berishi kerak. Olib borilgan tadbir davomida taksichilarning katta qismi yuqoridagi holat bo‘yicha kerakli joyga murojaat qildilar. Afsuski, ular orasida shubhali holatga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan kirakashlar ham topildi.
Marhamat tuman hokimligida ushbu profilaktik tadbirni yakuni bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shubhali shaxslar to‘g‘risida o‘z vaqtida IIBga xabar bergan to‘rt nafar hushyor taksi haydovchilariga tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Nishanov esdalik sovg‘alari va tuman hokimligining tashakkurnomalarini topshirdi.
Loqaydlik va hushyorlik ko‘rsatmagan taksi haydovchilariga bilan esa tushuntirish ishlari olib boriladigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
-
Rossiyada 2008 yildan beri eng yuqori kadrlar tanqisligi qayd etildi
Jahon | 09:40
-
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak
Jahon | 09:33
-
Qamchiq dovonida “Vaz-2106” avtomobili xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat | 08:50
Mavzuga oid

12:46 / 28.04.2025
Jarima ballarini hisoblash 1 maydan boshlanmaydi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

11:41 / 16.04.2025