Shahrixondagi dehqon bozori o‘rnida yangi savdo majmuasi quriladi
Andijon viloyatida 2017-2019 yillar oralig‘ida 21 ta dehqon bozorini rekonstruksiya qilish va ular hududida zamonaviy savdo majmualari barpo etish belgilangan.
Joriy yil Andijon shahridagi Yangi bozor hamda Asaka, Shahrixon, Oltinko‘l tumanlaridagi dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshiriladi.
Shahrixon shahri qadimdan o‘zining hunarmand va savdogarlari bilan nom qozongan. Hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, savdo majmuasi individual loyiha asosida barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda buzilayotgan dehqon bozori o‘rnida zamonaviy, tadbirkorlar va aholi uchun barcha qulayliklarga ega majmua bunyod etiladi.
Tuman hokimining qaroriga muvofiq, Respublika Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzuridagi bozor qurilish direksiyasi NBU BUNYODKOR INVEST jamiyatiga jami 2, 86 gektar yer maydoni ajratilgan. Qurilish davrida bozor hududida savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar Hamza ko‘chasida joylashgan “Shahrixon yuksak parvozi” jamiyati hududiga ko‘chirildi.
Respublikamiz prezidentining 2017 yil 27 martda qabul qilgan PQ-2853-sonli qarorida dehqon bozorlarini sharqona va milliy me'morchilik an'analarini hisobga olgan holda qurish belgilangan.
Shahrixondagi milliy shaharsozlik talablaridan kelib chiqib, alohida loyiha asosida qurilayotgan bozorning shu yil noyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi
Jahon | 17:04
-
HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?
Jamiyat | 17:00
-
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:33
-
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj

11:02 / 29.04.2025
Andijonda Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yashirin tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi

21:57 / 26.04.2025