O‘zbekiston | 16:10 / 27.07.2017
37140
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik universitetda kirish imtihoni butunlay yangicha tartibda o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida 1 avgust kungi kirish imtihoni yangi tartibda o‘tkaziladi. Shuningdek, imtihon jarayoni televideniye onlayn translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalida «Biz uchun muhim» tok-shousida aytildi.

Tok-shouda ishtirok etgan huquqshunos Xushnud Xudayberdiyev yangi o‘quv yili uchun kirish imtihonlarini o‘tkazishda kutilayotgan katta o‘zgarishlar haqida gapirdi.

«Ayrim Oliy ta'lim muassasalarimiz katta amaliy ishlar boshladi, OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

Misol uchun, TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) birinchilardan bo‘lib hujjatlarni onlayn qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi, birinchilardan bo‘lib abituriyent o‘rniga boshqa odam imtihonga kirmasligini ta'minlash uchun barmoq izini olishni yo‘lga qo‘ydi, auditoriyalarga kuzatuv kameralari qo‘yishmoqda. Yoki O‘zMUda ham ijodiy imtihonlar o‘tkazilgan xonalarda kuzatuv kameralari o‘rnatdi», deya u amalga oshirilayotgan ishlarni e'tirof etdi.

U katta o‘zgarishlardan biri Yuridik universitetda bo‘lishini aytdi.

«Yuridik universitetda endi imtihonlar Yunusoboddagi bir necha maktabda bo‘lmaydi. Imtihon endi 1 avgust kuni «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi hududida, 4ta katta pavilonda o‘tkaziladi. Har bir pavilonda 1500 nafardan abituriyent test yechadi. Xuddi Inha universitetidagidek. 100dan ortiq kuzatuvchilar bo‘ladi. Imtihonda prokuratura xodimlari ishlaydi. Shuningdek, imtihon jarayonini ota-onalar va jurnalistlar kuzatib turishi mumkin», degan u.

U boshqa universitetlarni ham yuqorida sanalgan OTMlarga ergashishga, OAV bilan ko‘proq ishlashga chaqirdi.

Yuridik universitetda telefon olib kirishga uringan barcha abituriyentlar testdan chetlatiladi

Mavzuga oid