Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi tabiiy gazdan qarzdorlardan 11 mlrd so‘m mablag‘ undirdi

Foto: Kruz.uz
Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari tomonidan shu yilning 23 iyul holatiga jami 648 milliard 653 million 700 ming so‘mlik 58 ming 917 ijro hujjati yakuniga yetkazilib, shundan 41 ming 290 hujjat bo‘yicha 552 milliard 421 million 300 ming so‘m pul undirildi, deya xabar bermoqda Kruz.uz.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, ijro hujjatlari bo‘yicha pul undirish dinamikasining o‘sishiga erishilayotganini ko‘rish mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste'molchilarning energiya resursi bo‘lgan tabiiy gazdan debitorlik qarzdorligi 103 milliard 534,2 million so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari tomonidan bir oyga belgilangan undirish rejasi 14 milliard 34 6 million so‘mni tashkil etadi, shundan bugungi kunga 11 milliard 232,1 million so‘m undirildi.
Mavzuga oid

14:11 / 14.06.2025
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025