Sport | 20:00 / 06.08.2017
6547
2 daqiqa o‘qiladi

Vagiz Galiulin «Tosno»ning ligadagi ilk golini urib, jamoasining ilk g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Rossiya chempionatida 4-tur o‘yinlaridan biri yakunlandi.

Sankt-Peterburgning «Tosno» klubi safarda Tulaning «Arsenal» klubi mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisob mezbonlar hujumchisi Berxamov tomonidan ochilgandi. O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi Vagiz Galiulin mehmonlarning javob golini urdi. Bu gol jamoaning Premer-ligadagi ilk goli bo‘ldi.

Keyinroq Markov ikkinchi golni urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu «Tosno» klubi tarixida Rossiya chempionatidagi ilk g‘alaba bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Tosno» 3 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi. 

RFPL, 4-tur
Arsenal Tula – Tosno 1:2
(1:0)
6 avgust, Tula, «Arsenal» stadioni
Gollar: 1:0 – 40 Berxamov, 1:1 – 48 Galiulin, 1:2 – 55 Markov. 
Arsenal Tula – Gabulov, Sunzu, Xagush, Belyayev, Tkachev, Aleksandrov, Bourchanu, Chaushich (Maksimov, 67), Berxamov, Jorjyevich (Sikoyev, 72), Shevchenko.
Tosno – Yurchenko, Chernov, Dugalich, Buyvolov, Dudiyev (Shaxov, 86), Kazayev (Muxametshin, 80), Karnitskiy, Nunu Rosha, Galiulin, Melkadze (Markov, 46), Zabolotniy.
Ogohlantirish: Berxamov (55).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid