Jahon | 19:06 / 15.08.2017
4668
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada firibgarlik ishi bo‘yicha 110 dan ortiq xitoylik qo‘lga olindi

Foto: LETA

Latviya politsiyasi 14 avgustda Xitoyning huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya natijasida Latviyaning 3 ta shahrida Xitoyning 110 dan ortiq fuqarosi va Latviyaning bir fuqarosi 2 mln dollarga firibgarlik va kiberfiribgarlik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi. Bu haqda Latviya jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Yanis Lazdinshga iqtisob qeltirgan holda Delfi nashri xabar bermoqda.     

Politsiyaning fikricha, ular bevosita jinoyat tashkilotchilari va uning ijrochilarini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Qo‘lga olinganlarning noqonuniy faoliyati nimadan iborat bo‘lgani borasida aniqlik kiritilmagan.

Lazdinshning aytishicha, operatsiyaga 2 oydan ko‘proq vaqt tayyorgarlik ketgan. Tergov natijasida politsiya Riga, Adaji va Saulkrasti shaharlarida 6 ta manzilni o‘rnatishgan. Jinoyatchilar bu yerlardan 2017 yil iyuni oxiridan Xitoydagi qurbonlari bilan bog‘langanlar.

Tintuvlar natijasida politsiya internetda firibgarlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha yetarlicha isbotlar qo‘lga kiritgan va bu isbotlar o‘z tergovini olib borayotgan Xitoy politsiyasiga topshiriladi.

Maxsus operatsiyada latviyalik chegarachilar ham ishtirok etganlar. Hozir ular xitoyliklar Latviya hududi qanchalik qonuniy bo‘lganlarini tekshirmoqdalar. Shundan keyin gumonlanuvchilarni Xitoyga topshirish masalasi hal qilinadi.

Mavzuga oid