Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Ikkinchi bokschimiz finalda - Iqboljon Xoldorov
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlarining birinchi kuni o‘tkazilmoqda.
64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida yarimfinal bahslashuvida Iqboljon Xoldorov - amerikalik Freudis Roxasga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.



Endi Iqboljon Xoldorovga finalda kubalik Endi Kruz Gomes raqib bo‘ladi. Bu sportchi yarim final bahsida armanistonlik Hovannes Bachkov ustidan mutlaq g‘alabaga erishdi (5:0).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 49 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov kolumbiyalik Yuberxen Martines ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Hasanboy ikkinchi yarim finalda qozog‘istonlik Jo‘mart Erjan ustidan g‘alaba qozongan kubalik Xoanis Argilagosga qarshi finalda ringga chiqadi.
Bizni bugun vakilimiz ishtirokida yana bir jang kutib turibdi.
91 kg. Vazn toifasida yarim finalda soat 23:00 da Sanjar Tursunov rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ushbu yarim finalning narigi juftligi:
Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - Erislandi Savon (Kuba)

Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

08:21 / 20.07.2025
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025