Saxalinda ayiq ovchini o‘ldirdi
Rossiyaning Saxalin viloyatida ayiq 70 yoshli ovchiga, uning o‘limiga olib kelgan jarohat yetkazdi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasining viloyat bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Makarov tumani tergov bo‘limiga Makarov tumani Yangi qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududida tumanning 70 yoshli fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga operativ-tergov guruhi chiqib ketdi", — deyiladi xabarda.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, nafaqaxo‘r o‘g‘li bilan ayiq ovlashga chiqqan. U vahshiy hayvon hujumidan olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lgan. Ayni chog‘da Makarov tumani tergov bo‘limi tomonidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Saxalin viloyati o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi vazirligi vakilining RIA Novostiga ma'lum qilishicha, o‘limidan avval ovchi ayiqni jarohatlagani sababli, hayvon yanada xavfli vahshiyga aylangan. Uni o‘ldirish uchun Makarov tumani ovchilariga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025