Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni BMTning «qora ro‘yxati»ga kiritilishi mumkin
BMT Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasini Yamanda inson huquqlarini buzgani uchun maxsus «qora ro‘yxat» loyihasiga kiritdi.
BMT ma'lumotiga ko‘ra, Arab koalitsiyasi harakatlari tufayli 2016 yilda Yamanda 683 bola halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. Shuningdek, koalitsiya 38ta shifoxona va maktabni aviaudarlar orqali vayron qilgan.
Shuningdek, BMT AQSh boshchiligidagi koalitsiyani ham «qora ro‘yxat»ga qo‘shishi mumkin.
O‘tgan yili Arab koalitsiyasi inson huquqlari buzilishi tufayli «qora ro‘yxat»ga tushgan, keyin undan chiqarilgandi.
BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun, Arab koalitsiyasi «qora ro‘yxat»dan chiqarilishini «og‘ir va og‘riqli qaror» sifatida baholagandi.
Xalqaro huquq tashkilotlari doimiy ravishda rasmiy Ar-Riyodning Yamandagi harakatlarini qoralab kelishmoqda.
Mavzuga oid

01:00
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi

21:48 / 02.08.2025
BMT ma’ruzalarini deyarli hech kim o‘qimasligi haqida ma’ruza e’lon qildi

17:23 / 29.07.2025
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti

20:02 / 26.07.2025