Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari o‘limiga olib kelgan avtofalokat sababi ma'lum qilindi

Foto: Zakon.kz
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga yo‘l harakati qoidalari buzilishi sabab bo‘lgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTH harakat xavfsizligi qoidalarining qo‘pol buzilishi oqibatida yuz bergan", deyilgan xabarda. Ta'kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan "Harakat xavfsizligi qoidalari buzilishi va bir necha kishining o‘limiga olib kelgan transport vositalaridan foydalanish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. YTHni tergov qilish ichki ishlar vazirligi tergov xizmatiga topshirilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat 7 oktabr ertalab Chuy viloyatida yuz bergan. Jumaqodirov bo‘lgan "Toyota" rusumidagi yo‘ltanlamasi "KamAZ" avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Avtofalokatda Jumaqodirovdan tashqari uning yordamchisi Nurlan Jamgirchiyev va haydovchi Nurbek Mukanov ham halok bo‘lganlar.
Mavzuga oid

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025