Wal-Mart tovarlarni skanerlovchi robotlarni ishga yollaydi

Foto: Walmart
Dunyoning eng yirik Wal-Mart savdo tarmog‘i robotlar partiyasini ishga yollaydi. Avtonom qurilmalar do‘kon rastalaridagi tovarlarni skanerlaydi, ularning bor yoki yo‘qligi, ularning etiketkalaridagi xatolarni aniqlaydi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, robotlashgan xodimlar odamlarga nisbatan 50 foiz samaraliroq ishlab, skanerlash jarayonini uch karra tez amalga oshirar ekan.
Tovarlarni skanerlovchi robotlar Amerika savdo belgisining Arkanzas, Pensilvaniya va Kaliforniyadagi bir necha do‘konlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Robotlashtirilgan qurilmalar vaqt o‘tgan sari butun Amerika bo‘ylab 50 savdo nuqtalarida paydo bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan xodimlar tovarlarning rastalarda bor yoki yo‘qligi, etiketkalar tekshiruvi bilan bir qatorda qaysi tovarlar yetishmayotganini aniqlaydi.
Wal-Mart bu vazifalarni bajarish uchun Bossa Nova Robotics robotlarini ishga yolladi. 61 sm'li harakatlanuvchi bu qurilmalar shtrix-kodlarni skanerlovchi va rastalardagi predmetlarni taniy oluvchi kameralar bilan jihozlangan. Robot xato aniqlasa yoki tovarlarning tugayotganini ko‘rsa, do‘kon xodimlarini bundan xabardor qiladi.
Robot mustaqil ravishda harakatlanadi va 3D-kamera yordamida mo‘ljal oladi. Uning yo‘lida to‘siq paydo bo‘lsa, qurilma texniklar bilan bog‘lanadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
O‘zbekiston | 20:22
-
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
Fan-texnika | 20:20
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
-
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

00:09 / 24.01.2025
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi

18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi

14:20 / 08.11.2023
Odamsimon robotlar haqida ilm-fan orzusi – ularning insoniyatga qanday foydasi bor?

13:47 / 02.12.2022