Andijon viloyatida gaz koni topildi

Foto: KUN.UZ
«Andijonneft» mutaxassislari tomonidan Buloqboshi tumanidagi Uchtepa qishlog‘ida olib borilayotgan neft izlash ishlari davomida tabiiy gaz koni borligi ma'lum bo‘lgan. Zaxiralar 1080 metr chuqurlikda aniqlangan. Bu haqda «Kun.uz»ga «O‘ztransgaz» AK yetakchi mutaxassislari ma'lum qildi.
Ayni paytda «zangori olov» ne'matini jilovlash ishlari boshlanib, kon ochilgan hududga barcha kerakli qurilmalar o‘rnatildi va turli jarayonlardagi sinov ishlari olib borilmoqda. Kondan 100 atmosfera bosimida soatiga 2300-2400 kubometr gaz oqimi chiqmoqda. Yer qa'ridan chiqayotgan tabiiy gaz ma'lum texnik jarayonlardan o‘tganidan so‘ng iste'molga yaroqli bo‘ladi. Konda gazni filtrlab tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan.
Ma'lum qilinishicha, atrofdagi mahallalarga yangi manbadan chiqayotgan tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
«O‘ztransgaz» AK Andijon hududiy bo‘limi tomonidan tez fursatlarda 1,5 kilometr masofaga gaz quvurlari o‘rnatilib, Buloqboshi tumanining - Buyuk Turon, Yuksalish, Do‘lana, Mirzakalon Ismoiliy, Toshechik mahallalariga gaz yetkazib berilmoqda», degan viloyat gaz ta'minoti hududiy filiali boshlig‘i Shavkatbek Qodirov.
Gaz konining yer ostida qancha zaxiraga ega ekani hududda qazilayotgan yana ikkita quduq ishlari yakuniga yetgach ma'lum bo‘ladi. Hozirda chiqayotgan tabiiy gaz bosimi esa konning katta miqdordagi zaxiraga ekanligidan darak berib turibdi. Mutaxassislarning bildirishicha, «zangori olov» boshqa hududlarga barcha tizimlar ma'lum texnik sinovlardan o‘tkazilganidan so‘ng berila boshlaydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, vodiy viloyatlarida shu paytgacha gaz koni topilmagandi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga tabiiy gaz Qamchiq dovonidan quvur orqali yetkaziladi. Buloqboshi tumanida topilgan kon birinchisi bo‘ldi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Germaniyadagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:50
-
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
Jahon | 15:41
-
Malayziya O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 15:28
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025