Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda texnik ko‘rikdan o‘tganlik haqida qalbaki muhr qo‘yish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli 2-diagnostika stansiyasi yonida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, avtotransport vositalarining qayd etish guvohnomasiga texnik ko‘rikdan o‘tganlik haqida muhr qo‘yish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
1975 yilda tug‘ilgan A.R. fuqarolardan 150000 so‘mdan olib, jinoiy sherigi 1974 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan A.D. bilan birgalikda, A.D.ning xonadonida avtotransport vositalarining qayd etish guvohnomasiga “texnik soz” yozuvli qalbaki muhrni bosib, imzo qo‘yish bilan shug‘ullanib kelishgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.R. va A.D.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025