Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron ommaviy murojaatlar Parlament va Xalq deputatlari kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqiladi

Foto: Fotolia
Elektron ommaviy murojaatlar (petitsiyalar) yetarlicha fuqarolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Parlament va Xalq deputatlari kengashi sessiyalarida muhokamaga qo‘yiladi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati J.J.Shirinov "Taraqqiyot strategiyasi" markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, J.J.Shirinov 2018 yilgi Davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tgan:
1. Davlat organlarida jamoatchilik kengashini tashkil etish. Zero jamoatchilik kengashlari davlat organlarini xalqqa yaqinlashtirish, uning faoliyati ochiqligini ta'minlash uchun xizmat qiladi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil qilish;
3. Parlamentda qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tizimli tashkil etish. Bunga jamoatchilikni keng jalb qilish, fuqarolarning parlament qonun muhokamalariga erkin, hech qanday moneliksiz kirishini ta'minlash;
4. "Mening fikrim" maxsus veb-portalini tashkil etish. Bu borada fuqarolardan ko‘p takliflar kelib tushgan. "Mening fikrim" maxsus veb-portali - parlament palatalari, mahalliy xalq deputatlari kengashlariga bevosita fuqarolar tomonidan o‘zining nutqai nazari va tashabbusini bildiradigan maydon. Bunda xalqning o‘zi qonun ijodkorligini ko‘rsatib boradi;
5. Elektron jamoaviy murojaat (petitsiya). Oliy Majlis palatalari yoki xalq deputatlari kengashlariga muayyan tashabbus olib chiqiladi. Tashabbusni yetarlicha fuqarolar qo‘llab-quvvatlasa, albatta, uning muhokamasi qonun bilan belgilanadi. Shundan so‘ng parlament ham, xalq deputatlari kengashi ham o‘z sessiyalarida uni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi;
6. Nodavlat jamoatchilik tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. Davlat mulkini imtiyozga berish tartibi ishlab chiqiladi;
7. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash. Bugungi kunda nodavlat OAVni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Oliy Majlis hisobidagi jamoat fondi tomonidan grant shaklida, ijtimoiy buyurtma va subsidiyalar shaklida amalga oshirib kelinmoqda, lekin endi alohida davlat fondining tashkil etilishi taklifi berilmoqda;
8. Fuqarolar yig‘ini maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan qonunchilikni takomillashtirish. Saylovlarda fuqarolarning bevosita o‘zining ishtirokini ta'minlashga doir takliflar kelib tushmoqda, nomzodlarni ko‘rsatishda shaffoflikni ta'minlash.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

07:57 / 09.08.2025
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

20:34 / 30.06.2025