Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi Abdulaziz Komilovni prezident jamoasidagi eng muhim odamlardan biri deb atadi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni prezident jamoasidagi muhim kishilardan biri sifatida sanadi.
Muxbir elchidan Mirziyoyevning atrofidagi odamlarni qanday baholashi, uning jamoasi qanchalik kuchli ekani haqidagi fikrlarini so‘ragan.
«An'anaviy komanda va unda eski davrdan qolganlar bo‘lsa-da, muhim odamlar bor. Ularning borligidan minnatdormiz. Tashqi ishlar vaziri, masalan. O‘zbekistonning qo‘shnilari va Afg‘oniston bilan bugungi ochiq va do‘stona siyosatda uning xizmati katta.
Shunday. Tajriba va malakaning ahamiyati katta. Shu bilan birga yangi ovozlar va chehralar ham bor. Sarmoya qo‘mitasida, xususan, yosh raisni ko‘rasiz. Sobiq mehnat vaziri hozir turizm sohasini boshqarmoqda. Yangi odamlar ko‘p. Ularning g‘oyalari quvvatlanishi muhim. Senator Sodiq Safoyevdek maslahatchilar bor, ularning yordami ham muhim. Lekin, bizga ham qiziq: xo‘sh, bu komanda qanchalik katta va Prezident kimlarga tayanmoqda? Quvvatlov qanchalik ishonchli? Prezident berayotgan va'dalar amalga oshishi uchun u atrofidagilarga suyana olishi kerak.
O‘zbekistonga qaytish arafasidaman. O‘zgarishlar to‘xtamaydigan ko‘rinadi va ular davom etishi uchun O‘zbekiston xalqiga va rahbariyatiga kuch va matonat tilayman. Biz O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishni xohlaymiz, bu aniq», deya elchining so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Elchi shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning AQSh prezidenti bilan uchrashuvi ehimoli haqidagi savolga javob bergan.
«Shunday katta umid bor va har qanday elchi davlatlarning rahbarlari uchrashishini xohlaydi. Eng oliy darajadagi uchrashuv bo‘lsa, men elchi sifatida jon deyman. O‘tgan oyda Prezidentlar telefonda gaplashdi. Samarali muloqot, ijobiy. Keyingi qadamlar ustida harakat ketmoqda. Vashingtonga tashrif, albatta, eng ajoyib voqea bo‘ladi», degan u.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025