Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar yig‘inlari ommaviy qabul o‘tkazadi

Foto: Norma.uz
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 7-son qarori bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ilgari amalda bo‘lgan nizom (31.07.2017 yildagi 562-son VMQ bilan tasdiqlangan) o‘z kuchini yo‘qotdi.
Umuman olganda yangi hujjat avvalgisidan katta farq qilmaydi. Kiritilgan yangiliklar quyida keltirib o‘tiladi.
Ommaviy va interaktiv qabullar
Fuqarolar yig‘inining raisi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari uchun ommaviy qabullarni tashkil etishi mumkin. Bunday qabullar chog‘ida uchrashuv ishtirokchilari murojaatnomalar berishlari mumkin. Ommaviy qabulni hovlilarga (kvartiralarga) yoki boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.
Bundan tashqari, amaliyotga uzoqda joylashgan abonentlar bilan videokonferentsaloqa vositasida real vaqt rejimida interaktiv o‘zaro aloqa turi joriy etilmoqda (masalan, uzoqda joylashgan mahalla aholisi bilan). Bunday tartib og‘zaki murojaatlar berish imkonini ham beradi.
Elektron murojaatlar uchun ERI zarur emas
Ilgari elektron murojaat albatta ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanar edi. Endi ushbu talab bekor qilindi. Murojaat qiluvchini identifikatsiyalash uchun murojaatnoma quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
• jismoniy shaxs haqida – FIO va yashash manzili;
• yuridik shaxs haqida – to‘liq nomi va joylashgan joyi (pochta manzili).
Javobning ma'nosini tushunmadingizni – tushuntirishni talab eting
Murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (FO‘O‘BO) javobning ma'nosini o‘zgartirmagan holda unga tushuntirish berishi shart. Shuningdek, FO‘O‘BOning javobda yo‘l qo‘yilgan xatolarni (shu jumladan arifmetik xatolarni) o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra tuzatish majburiyati joriy etilmoqda. Tushuntirishlar berish va xatolarni to‘g‘rilash to‘g‘risidagi iltimoslar 10 kun muddatda qo‘rib chiqiladi.
Murojaatnomalarni ko‘rib chiqish qachon tugatiladi
Bu quyidagi holatlarda ro‘y beradi:
• agar takroriy murojaatda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa;
• agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini yozma yoki elektron tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki uni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida og‘zaki ravishda, shu jumladan telefon orqali iltimos qilgan bo‘lsa;
• murojaatda ko‘rsatilgan rekvizitlar o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo‘qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda;
• murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli FO‘O‘BO tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
• agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etgandan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqish huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
FO‘O‘BOga har qanday masala bo‘yicha murojaat qilish mumkin
FO‘O‘BO murojaatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, hatto ular ularning vakolatiga kirmasa ham. Ushbu holatda murojaat qiluvchiga u o‘z masalasini hal etish uchun qanday organga yoki tashkilotga murojaat qilishi mumkinligi tushuntiriladi.
Faqat ayni masalalar bo‘yicha qayta murojaat etilgan, murojaatlar FO‘O‘BO tomonidan ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha qaror qabul qilingan hamda murojaat qiluvchi belgilangan tartibda bu haqda xabardor qilingan holatlarda qabul qilishni rad etish mumkin.
Fuqarolarni qabul qilishda audio va videoyozuvga ruxsat berildi
FO‘O‘BOda shaxsiy qabul audio va videoyozuv, shuningdek va fotosuratga olish yordamida qayd etilishi mumkin. Buning uchun fuqarolar yig‘ini raisining qarorini olish va bu haqda qabul qilinayotgan shaxsni xabardor etish zarur.
Hujjat 9.01.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml: Putin va Tramp «yaqin kunlarda» uchrashadi
Jahon | 13:59
-
Akkreditatsiyadan o‘ta olmagan OTM talabalarining o‘qishi ko‘chiriladi
Ta’lim | 13:53
-
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ta’lim | 13:23
-
Chivinlar orqali yuqadigan kasallik: chikungunya haqida nimalarni bilish kerak?
Sog‘lom hayot | 13:18
Mavzuga oid

13:11 / 06.08.2025
Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

10:40 / 01.08.2025
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

13:04 / 31.07.2025
Bolasiga zo‘ravonlik qilganlardan farzandi olib qo‘yilishi mumkin

12:19 / 31.07.2025