Jahon | 20:40 / 25.01.2018
6579
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha muftiysi mamlakatdagi adovat va bid'atlardan tashvish bildirdi 

Polshalik musulmonlar Polshadagi ksenofobiya (o‘zgalarga adovat) va bid'atlardan tashvish bildirmoqdalar. Bu haqda Polsha muftiysi Tomash Mitskevichning bayonotida aytilgan. 

“Ksenofobiya, adovat va bid'at oqibatida tobora ko‘payib borayotgan chiqishlar va hujumlardan xavotirdaman”, deb aytgan Mitskevich.   

Uning aytishicha, Polshada yashovchi musulmonlar, jumladan tatarlar – mamlakatda qonuniy holda yashayotgan Polsha fuqarolari ham, xorijliklar ham “bu yerda o‘zlarini xavfsizlikda his qilishga haqlidirlar”.

Muftiyning fikricha, neofashist tashkilotlar “xavfsizlik hissi va Polshaning ko‘p madaniyatli, ko‘p millatli qiyofasiga putur yetkazib” jamiyatda jiddiy xavotirlar uyg‘otmoqda.

“Bu xavotirlar bo‘rttirilmagan. Bu yuz bermoqda. Biz bu masalada aniq, sermahsul va izchil munosabatga umid qilamiz, zeroki ular polshaliklar, jumladan o‘z vatani – Polshaga sadoqat bilan xizmat qilgan musulmon-tatarlar manfaatlariga xizmat qilsin”, deb aytilgan muftiy bayonotida.

Polshada yashaydigan musulmon fuqarolar xorijlik musulmonlar bilan birga 20-25 ming kishini tashkil qiladi. Xorijliklar asosan talabalar, diplomatlar, tadbirkorlar va musulmon davlatlaridan kelgan qochqinlardir.

2017 yil noyabrda Varshavaning Oxota tumanidagi musulmon madaniyati markazi toshbo‘ron qilingan, oynalari sindirilgan. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Bundan avvalroq Polsha ichki ishlar vaziri Yoaxim Brudjinskiy Belostok shahrida Saudiya Arabistoni puliga musulmon markazi qurilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan.

Mavzuga oid