Jamiyat | 15:35 / 11.02.2018
41197
3 daqiqa o‘qiladi

Borini sotib sayohatga yo‘l olgan juftlikning orzulari 20 daqiqadayoq chipakka chiqdi

Koloradoda yashovchi juftlik - Tanner Brodvell va Nikki Uolshning sayohat haqidagi rejasi ertasi kuniyoq chippakka chiqdi, juftlik boridan ayrilishdi. Tampa Bay Times ularning hikoyasi bilan bo‘lishdi

Brodvell - 26, Uolsh esa 24 yoshda. Ikkisi ham "odamlarni o‘zi xohlamagan ishlarni qilishga majbur qiluvchi"  hayotdan juda charchashgan.

Shunda ular pul yig‘a boshlashgan. Ular ikki yil sayohatga chiqishni rejalashtirishgan va oxir-oqibat jiddiy qaror qabul qilishgan. Juftlik o‘zining bor budini, shu jumladan, Brodvellning sport avtomobilini ham sotib, qayiq sotib olgan. Juftlikning qayiqni boshqarishga doir tajribasi bo‘lmagan, shunday bo‘lsa-da, Brodvellning otasi ularga shunga doir yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan.

May oyida ular Floridaga ko‘chib o‘tishgan va mahalliy yaxtalar turargohidan qo‘nim topishgan hamda shu yerda sayohatni davom ettirishgan. Ular 6 fevral kuni o‘z orzusini amalga oshirish uchun buxtani tark etishgan.

Biroq chorshanba kuni kechqurun ularning qayig‘i sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan baliqchilar qishlog‘i yaqinida suv ostida nimagadir urilib, cho‘kib ketgan. Brodvell va Uolsh ijtimoiy ta'minot kartalari, biroz naqd pul, hujjatlar, telefon va ikki yoshli mopsni olishga ulgurishgan. 

Hozirda juftlikning na uyi, na ishi va na puli bor. Qayiq sug‘urtalanmagan bo‘lgan. "Men orzuimni amalga oshirish uchun bor budimni sotdim va 20 daqiqada barchasini yo‘qotdim", - deydi Brodvell.

Ular arzon mehmonxonada to‘xtashgan, payshanba kuni esa "qayerdandir" odamlar kelib, yordam taklif qila boshlashgan.

Hozir yoshlar faqat oila a'zolari va do‘stlariga ishonishmoqda. Ular endi qanday yo‘l tutish borasida bir qarorga kelishmagan, biroq Brodvell orzusidan voz kechmasligini ta'kidlagan. "Men yengilmoqchi emasman. Boshqa qayiq topaman. Biz o‘z maqsadimizdan shunchaki voz kecha olmaymiz", - dedi u.

Mavzuga oid