Sport | 19:50 / 01.03.2018
25529
1 daqiqa o‘qiladi

Shunqor Abdurasulovning jangi oxirigacha davom etmadi

WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.

-60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov «Colombia Heroicos» vakili Duvan Zuletaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang mobaynida kolumbiyalik bokschining qoshi yorildi. Shifokorlar unga jangni davom ettirishga ruxsat berishdi, ammo keyinroq, 4-raundda Zuletaning murabbiylari oq sochiq ko‘tarib, mag‘lubiyatni tan olishdi va Shunqor Abdurasulov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Ushbu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi hisob tenglashdi - 1:1.

Navbatdagi jangda -69 kg vazn toifasi vakili Mahmud G‘oipov Aleksander Rangelga qarshi ringga chiqadi.

Mavzuga oid