Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda og‘ufurushlar ushlandi
Andijon viloyatining Izboskan tumanida 11 fevral kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Yangiobod MFY Ozod ko‘chasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.J. 357.79 gr. “gashish” giyohvandlik moddasini 4.000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan, va yashash uyi tekshirilganda 197.8 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shuningdek, 12 fevral kuni surishtiruvlar davomida M.J. “gashish” giyohvandlik moddasini bir qismini Namangan shahar Fidoiy 1-tor ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1976 yilda tug‘ilgan J.M.ga berganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida J.M. ushlanib, uning yonidan 0.55 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025