Xitoy xalqaro muammolarni hal etishda kuch qo‘llashga qat'iy qarshi
XXR tashqi ishlar vaziri Van Ining ma'lum qilishicha, Xitoy har doim boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsipiga amal qiladi hamda keskin xalqaro masalalarga yechim topishda kuch qo‘llashga qarshi chiqadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Xitoy keskin va chuqur xalqaro masalalarni hal qilishda o‘z pozitsiyasiga ega, nima qilish kerakligi hamda nimalardan tiyilish borasida aniq tavsiyalarni beradi. Muammolarga yechim topishda uchta muhim jihat bor: tinch xarakter, qonuniylik va konstruktivlik», - deya aytib o‘tdi vazir.
XXR TIV rahbarining shuningdek ta'kidlashicha, Pekin istalgan qarama-qarshiliklar va mojarolarni hal qilish uchun kuch qo‘llashga qat'iy qarshi chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Van I Xitoy xalqaro maydonda AQShni almashtirmoqchi emasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

12:40 / 12.06.2025
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

23:50 / 11.06.2025
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi

22:36 / 10.06.2025
Xitoy keksalarga yordam beradigan robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

21:25 / 10.06.2025