Eng qimmat va eng arzon shaharlar nomi e'lon qilindi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida beshinchi yil ketma-ket Singapur yetakchilik qilmoqda. Eng arzon shahar sifatida esa Damashq e'lon qilindi. The Telegraph shu haqida xabar berdi.
Eng qimmat shaharlar reytingining ikkinchi o‘rni o‘tgan yilga nisbatan besh pozitsiyaga ko‘tarilgan Parijga nasib etdi. Yetakchilar uchligini bir pog‘ona yuqorilagan Tsyurix yakunlaydi. Shuningdek sezilarli darajada o‘sishni qayd etgan shaharlar orasida Oslo va Sidney nomlari keltirilgan.



Suriyaning Damashq shahri dunyoning eng arzon shahri deya e'lon qilindi. O‘tgan yili bu o‘rinda Olmaota nomi qayd etilgan edi, bu yil u ikkinchi o‘rindagi eng arzon shahar. Shuningdek eng arzon shaharlar o‘nligidan Karakas (Venesuela), Lagos (Nigeriya), Bangalor (Hindiston), Karachi (Pokiston), Jazoir (Jazoir), Chennay (Hindiston), Buxarest (Ruminiya) va Nyu-Dehli (Hindiston) o‘rin olgan.

Mavzuga oid

17:24 / 05.06.2025
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

09:54 / 23.04.2025