Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya o‘zini qurbon deb hisoblamasligi kerak» - Davlat departamenti

Foto: AP
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan amerikalik 60 nafar diplomatning chiqarib yuborilishini javob chorasi deb hisoblamaydi hamda o‘z tomonidan bunga boshqa qadamlar bilan reaksiya bildirishi mumkin. U bu haqda maxsus brifing davomida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomonining xatti-harakatiga Buyuk Britaniyadagi hujum turtki berdi.
«Biz buni britaniyalik fuqaro va uning qiziga uyushtirilgan dahshatli hujumga diplomatik javob reaksiyasi deb hisoblamaymiz. Yana bir marta qaytaraman: ular kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiyani buzishdi, ular «Novichok» taqiqlangan moddadan foydalanishdi. Biz bunga jiddiy munosabatdamiz», - deya tushuntirgan Noyyert.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunday qarorni boshqa 28ta davlat bilan birga qabul qildi, Rossiya esa «o‘zini qurbon deb hisoblamasligini kerak».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hizer Nauert Qo‘shma Shtatlarning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi yopilishi birinchi navbatda AQShga borish uchun viza kerak bo‘lgan rossiyaliklarning o‘ziga salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

22:29 / 09.08.2025
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

18:17 / 09.08.2025
Ukrainaliklar o‘z yerlarini bosqinchiga sovg‘a qilmaydi – Zelenskiy

17:39 / 09.08.2025