Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xushxabar: Qur'on musobaqasidan so‘ng Hadis musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda joriy yilning may oyi davomida “Hadislar bilimdoni” ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi. Bu haqda O‘MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi – islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, insonlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da'vat etadigan g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan hadislarni yoshlarning barcha qatlamlarida keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tanlovda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar 2018 yilning 26 aprel kuniga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklarida ro‘yxatga olinadi.
Tanlovning birinchi bosqichi 2018 yilning 1-5 may kunlari davomida viloyatlar kesimida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
Tanlovda diniy ta'lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan kamida 40 ta hadisni (arabcha matni bilan) yoddan bilgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov uchta shartdan iborat:
– Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib berish;
– Berilgan hadisni sharhlab berish (hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarini bayon qilish);
– Hadisni arab tilidagi matnini roviylari bilan yoddan aytib (berilgan boblar bo‘yicha bittadan hadis aytish) berish.
Toshkent shahri bo‘yicha ishtirokchilar “Minor” jome masjidida ro‘yxatga olinadilar. (Tel: +99897 235 22 21, +99890 318 42 80)
Ishtirokchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– Pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi,
– Turar-joydan ma'lumotnoma,
– 2 dona 3*4 shaklda fotosurat.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

10:36 / 27.05.2024
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi

22:31 / 08.04.2023
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi

15:06 / 02.11.2021
Bishkekda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi sovrindoriga 1 yillik o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi

11:46 / 01.11.2021