Peruda qurbonlikka keltirilgan bolalarning ommaviy qabri topildi
Peruda arxeologlar qurbonlikka keltirilgan bolalarning ommaviy qabrini topishdi – taxminan 140ta skelet. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu bugungi kunda ma'lum bo‘lgan eng yirik ommaviy qabrdir. Qazilma ishlari AQSh Milliy geografik hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, topilma haqida National Geographic portali xabar bermoqda.



5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va taxminan 18 oylik yoshdagi 200ta lama 550 yil muqaddam o‘ldirilgan. Bolalar, katta ehtimol bilan, Chimu imperiyasiga tegishli bo‘lgan – Kolumbga qadar davrdagi yuqori rivojlangan madaniyat. Bolalar va hayvonlarning qovurg‘alari singan, suyaklarda jarohat izlari bor. Ular bilan birga uch nafar yoshi katta odam ham dafn etilgan, jumladan – boshidan og‘ir jarohat olgan ikki ayol.
Qabr qurib qolgan loy qatlami bilan qoplangan, u kuchli yomg‘irlar tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari sababli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, suv toshqinlari tufayli yuz bergan agrar inqirozi mahalliy aholini qurbonlik keltirishga undagan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.