Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT uchun terrorizm va ekstremizm tahdidi qayerdan kelayotgani aytildi

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlari uchun terrorizm va ekstremizm xavfi birinchi navbatda Afg‘onistondan kelmoqda, biroq vaziyatga yechim topish bo‘yicha bir tomonlama harakatlar uni yanada chuqurlashtiradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining seshanba kungi uchrashuvida ma'lum qildi.
"ShHTga a'zo davlatlar uchun terrorizm va ekstremizm xavfi birinchi navbatda Afg‘oniston hududidan kelmoqda. Ishonchimiz komilki, Islom respublikasidagi vaziyatni kuch usullari bilan, xalqaro huquq normalari hamda prinsiplarini chetlab o‘tgan holda, bir tomonlama hal qilishga yo‘naltirilgan istalgan sa'y-harakatlar xavfsizlik uchun qo‘shimcha xatarlar uyg‘otadi", - dedi Patrushev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakati ShHTga a'zo boshqa davlatlar bilan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni afg‘onlarning o‘zi boshchiligida siyosiy yechim topish yo‘li bilan tiklash tarafdoridir.
"26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha anjuman ko‘p tomonlama o‘zaro harakatlarni kuchaytirish lozimligini tasdiqladi, jumladan ShHT doirasida ham. Ushbu uchrashuvni, shuningdek, Kobul jarayoni doirasidagi yig‘ilishni Moskva shakli va “ShHT - Afg‘oniston” guruhi doiralaridagi maslahatlashuvlarning mantiqiy davomi, deb hisoblaymiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Patrushev.
Uning aniqlik kiritishicha, afg‘on masalasi bo‘yicha istalgan tashabbuslar mintaqa davlatlari manfaatlarini hisobga olishi va ularga ma'lum bir ssenariylarni yuklab qo‘yish ehtimolini yo‘qqa chiqarishi lozim. "Shu sababdan Xitoy tomonining aloqa guruhining ikkinchi yig‘ilishini Pekinda o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz", - deya xulosa qildi Patrushev.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

18:28
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

17:23 / 12.07.2025
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

08:20 / 30.06.2025
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025