Jahon | 17:23 / 12.07.2025
836
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

Muloqot chog‘ida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, jumladan, radikallashuvga qarshi kurashish, sudga tortish, vatanga qaytganlarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilish, shuningdek, tajovuzkor internet tashviqotiga qarshi kurashish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari birinchi aksilterror muloqotni o‘tkazdi, deb xabar qildi Yevropa Ittifoqining Tojikistondagi vakolatxonasi.

«Yevropa Ittifoqi tomoni Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari bilan uchrashib, terrorizmga qarshi kurashga doir keng ko‘lamli masalalarni, jumladan, terrorchilik xavfini baholashni muhokama qildi», deyiladi xabarda.

Muloqot chog‘ida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, jumladan, radikallashuvga qarshi kurashish, sudga tortish, vatanga qaytganlarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilish, shuningdek, tajovuzkor internet tashviqotiga qarshi kurashish chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyolik sheriklar uchinchi davlatlar bilan hamkorlik masalalariga ham to‘xtalgan.

«Yevropa Ittifoqi terrorizmga qarshi choralarni qonun ustuvorligi va inson huquqlarini hurmat qilish tamoyillariga bog‘lash muhimligini eslatdi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan mazmunli va konstruktiv muhokamalarni olqishlaydi. Navbatdagi muloqot Bryusselda bo‘lib o‘tadi», deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.

Mavzuga oid