Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Oq uy rahbari Yevropa Ittifoqidan Qo‘shma Shtatlar uchun o‘z bozorlarini ochishni talab qildi.

Foto: REUTERS
AQSh 1 avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi va Meksika tovarlariga 30 foizlik bojlar joriy qiladi. Bu haqda Donald Tramp Meksika prezidenti va Yevrokomissiya rahbariga yo‘llagan maktublarida ma’lum qilgan.
«Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlarga o‘z bozoriga to‘liq kirish huquqini beradi. Aks holda, tariflarni oshirishga qaror qilsangiz, bu tariflar biz joriy qilgan 30 foizga qo‘shiladi», deyiladi maktubda.
Donald Tramp 7 iyul kuni Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga savdo tariflarini oshirishni 1 avgustga ko‘chirish haqidagi farmonni imzolagan edi.
Avvalroq, Amerika prezidenti Kanada uchun 35 foizlik va Braziliyada ishlab chiqarilgan tovarlarga 50 foizlik tariflarni e’lon qilgan edi.
Qayd qilinishicha, choralar Qo‘shma Shtatlarning ushbu mamlakatlar bilan bo‘lgan «savdo kamomadi» tufayli joriy etilyapti. Oq uy rahbari AQSh bilan savdo bitimini tuzmagan barcha davlatlarga tariflar oshirilishi haqida maktub jo‘natmoqda.
Mavzuga oid

17:23
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

13:06
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17