«Barselona» Vidal bilan uch yillik shartnoma imzolanishi haqida e'lon qildi

Foto: KUN.UZ
«Barselona» klubi «Bavariya» yarimhimoyachisi Arturo Vidalni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman ma'lum qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, chililik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi. 31 yoshli o‘yinchi tez orada kataloniyaliklar tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun yetib keladi.
Kelishuvning moliyaviy shartlari ochiqlanmagan. Biroq matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, Ispaniya chempioni Vidal transferi uchun 20-25 million yevro to‘lashi kutilmoqda.
2015 yilda «Bavariya»ga kelgunga qadar Vidal to‘rt yil mobaynida Turinning «Yuventus» jamoasi safida o‘ynagan. Bundesliganing o‘tgan mavsumida 31 yoshli yarimhimoyachi 22 o‘yinda (ulardan 17 tasida asosiy tarkibda) maydonga tushib, 6+2 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xavbekka «Inter» tomonidan ham qiziqish bo‘layotgandi.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025