Jahon | 21:12 / 29.08.2018
15239
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh dollaridan “In God We Trust” iborasini olib tashlash rad etildi

Foto: REUTERS

AQShning Minnesota shtati sudi bir guruh ateistlarning AQSh dollari banknotalari va tangalaridan “In God We Trust” (Tangriga ishonamiz) iborasini olib tashlash iltimosini rad etdi.

Ma'lum qilinishicha, ateistlar yuqoridagi ibora ularning so‘z va din erkinligiga huquqlarini buzayotgani va AQSh konstitutsiyasining birinchi tuzatmasiga (AQSh kongressi biror-bir dinni qo‘llab-quvvatlamaslikni ta'minlashi haqidagi) zid kelishi vaji ostida uning olib tashlanishi iltimosi bilan sudga murojaat qilgan.    

Sud dollardagi bu ibora “kongressga davlat dinini ta'sis etishni taqiqlovchi bandning erta vaqtlardagi anglanishiga mos kelishi” va diniy udumlarga amal qilishga majburlamasligi haqida qaror chiqargan.

AQSh prezidenti Duayt Devid Eyzenxauer 1956 yilda “In God We Trust” iborasi AQShning milliy shioriga aylangan qonunni imzolagan. Tangalardagi yozuv 1864 yilda fuqarolik urushi vaqtida paydo bo‘lgan. Banknotalarda esa 1960-yillarning o‘rtalaridan bosila boshlangan.

 

Mavzuga oid