Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DBQ rejalari: 3 turdagi yig‘imni qoldirish, 4ta bojxona yo‘lagini joriy etish
Prezidentning bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir farmoni loyihasi QHTBT portalida muhokama qilindi.
Bojxona yig‘imlari sonini uchtagacha qisqartirmoqchilar
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda amaldagi bojxona yig‘imlari turlari soni – 16 ta. Ilgari ularning miqdorlarini, ayrim hollarda ularni hisoblab chiqarish tartibini o‘zgartirgan holda optimallashtirish rejalashtirilgan edi, biroq loyiha tasdiqlanmadi.
Norma’ning yozishicha, ishlab chiquvchilarning mo‘ljaliga ko‘ra, joriy yil 1 sentabrdan bojxona yig‘imlari stavkalari jadvali quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Shuningdek bojxona yig‘imlari tarzidagi barcha tushumlar DBQ tasarrufida qolishi hamda xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bojxona organlarini yanada rivojlantirish, kutilmagan xarajatlarni qoplash va «front-ofisni» saqlash uchun sarflanishi ko‘rsatilgan.
«Front-ofislar» bojxonada BYuDni to‘ldirishda yordam beradi
2019 yil 1 yanvardan boshlab DBQning Toshkent viloyati va Toshkentdagi boshqarmalari bojxona postlari hamda «Toshkent-AERO» bojxonasida TIF ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun yollanma xodimlar maxsus guruhlari – «front-ofislar» tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bunday xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi, ularning xizmatiga haq to‘lash uchun DBQ Maxsus jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladi.
Bu pilot loyiha bo‘lib, ijobiy natija berganda 2019 yil 1 sentabrgacha DBQning boshqa boshqarmalari faoliyatiga joriy etiladi.
Insofli TIF ishtirokchilari uchun – soddalashtirilgan tartib
2019 yil 1 yanvardan boshlab DBQ organlari insofli TIF ishtirokchilari – «vakolatli iqtisodiy operatorlar»ni aniqlay boshlaydilar, ular qonunchilikda belgilangan ayrim soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan hamda ta'minotni taqdim etmay turib, bojxona to‘lovlarini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalana oladilar.
«Vakolatli iqtisodiy operatorlar»ni tanlab olish tartibi va mezonlari hukumat tasdiqlashi uchun kiritiladi.
Bundan tashqari, joriy yil 1 oktabrdan boshlab olib kiriladigan iste'mol tovarlarining ayrim guruhlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirilgunga qadar maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovkalashni bekor qilmoqchilar. Ularning ro‘yxati – bu yerda.
Ko‘rikdan o‘tkaziladigan bojxona yuki «tasodifan tanlab» belgilanadi
Prezidentning 12.04.2018 yildagi Farmoniga muvofiq, joriy yil 1 sentabrdan boshlab asosiy prinsipi «yalpi» bojxona nazoratini o‘tkazish emas, balki tovarlarni tanlab olib bojxonada nazorat qilishdan iborat bo‘lgan xavfni boshqarish avtomatik tizimi joriy etilmoqda.
Loyihada bunda quyidagi bojxona yo‘laklarini qo‘llash taklif etilmoqda:
• 2018 yil 1 sentabrdan boshlab:
«sariq yo‘lak» – xavf darajasi o‘rtacha bo‘lgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlar va transport vositalari bo‘yicha bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlar tekshirilishini nazarda tutadi;
«qizil yo‘lak» – bu yerda xavf darajasi yuqori bo‘lgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlar va transport vositalari bo‘yicha bojxona nazoratining muayyan shaklari qo‘llaniladi.
«Sariq» va «qizil» yo‘laklar 70% va 30% nisbatda, tegishincha, xavflar profillari yoki tovarlar va transport vositalarini tasodifan tanlash asosida qo‘llaniladi.
• 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
«yashil yo‘lak» – xavf darajasi past bo‘lgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilmaydi;
«ko‘k yo‘lak» – xavf darajasi o‘rtacha bo‘lgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlarning bojxona nazorati ular chiqarib yuborilgandan keyin qo‘llaniladi. DBQ markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari apparatlari tomonidan amalga oshiriladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab tegishli yo‘laklardagi tovarlar va transport vositalarini tasodifan tanlab olishning foizli nisbatini joriy etilayotgan tizim monitoringi yakunlariga ko‘ra DBQ belgilaydi. TIF ishtirokchisi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishga sarflaydigan vaqt bojxona xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi. Bojxonada rasmiylashtirish vaqti to‘g‘risidagi statistik axborot DBQning rasmiy veb-saytida har oy e'lon qilib boriladi.
Shuningdek 1.01.2019 yildan boshlab olib kiriladigan tovarlarni faqat videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylarda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda videoyozuv 3 oy davomida saqlanishi va unga DBQ markaziy apparati ulanishi imkoniyati ta'minlanadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

12:29 / 18.07.2025