Jahon | 22:09 / 10.09.2018
4083
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni: Messenjerlardan foydalanishda haddidan oshganlar jazolanadi

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

Saudiya Arabistoni prokuraturasi messenjerlar orqali g‘ayriaxloqiy yoki dinga qarshi xabar va suratlarni tarqatuvchilarga qamoq jazosi hamda yirik jarima bilan tahdid qildi. Dushanba kuni bosh prokuratura mikroblogida joylashtirilgan xabarda shu haqida ma'lum qilindi. 

"Elektron sohadagi jinoyatlar, ya'ni jamoatchilik tartibini buzuvchi, axloq-odob yoki diniy qadriyatlarga zid bo‘lgan materiallarni tayyorlash, saqlash yoki ularni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatgan  kimsalar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 3 million rial (800 ming dollar)gacha jarima yoki shu jazolardan biri ko‘zda tutilgan", - deyiladi prokuratura xabarida. 

So‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga ijtimoiy hayotda faolroq ishtirok etishga izn berib, elektron jinoyatlar uchun jazolarni kuchaytirmoqda. 

Mavzuga oid