Tramp Pentagon rahbarini ham ishdan bo‘shatish haqida o‘ylamoqda

Carolyn Kaster/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti. Bu haqda The New York Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan.
Gazeta manbalari qayd etishicha, Tramp o‘z prezidentligining ikkinchi yilida harbiy maslahatchilar bilan, jumladan Pentagon rahbari bilan kam uchrasha boshladi, «u o‘zini bosh qo‘mondon sifatida yanada ishonchliroq his qilmoqda».
Bundan tashqari, respublikachi prezident Mettis demokrat bo‘lishi mumkinligidan xavotir olmoqda.
Qolaversa, Oq uydagi yangi maslahatchi Mira Rikardel Mettis bilan ziddiyatlarga ega bo‘lib, u ham mudofaa vazirining almashtirilishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Mettis hozirda 68 yoshda bo‘lib, uning oxirgi ish joyi AQSh markaziy qo‘mondonligi bo‘lgan, u Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo uchun javob bergan. U bu lavozimda 2010-2013 yillar davomida ishlagan.
Mettis harbiy xizmatni 1969 yilda AQSh dengiz piyodasi korpusida boshlagan. 1991 yilda Fors ko‘rfazidagi urushda, keyinroq Afg‘onistondagi operatsiyada ishtirok etgan, 2003 yildan Iroqda diviziya boshlig‘i bo‘lgan. Keyin esa dengiz piyodasi korpusi rivojlanishiga javob bergan, birlashgan kuchlar qo‘mondonligini boshqargan. Mettis harbiy xizmati davomida «Quturgan it» laqabini olgan.
U 2017 yil yanvaridan buyon Pentagonni boshqarib kelmoqda.
Mavzuga oid

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

21:39 / 17.04.2025