Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarni oilaga tayyorlash kurslariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5325-sonli farmoni, 3808-sonli qaroriga muvofiq, yosh yigit va qizlarni oilaga tayyorlash bo‘yicha respublikamiz hududlarida 16 soatlik maxsus o‘quv kurslari tashkil qilindi.
Jumladan, Toshkent viloyati Parkent tumanida yosh yigit qizlarni oilaga tayyorlashga doir pilot loyiha sifatida dastlabki sinov darslari o‘tkazilmoqda.
Yosh yigit-qizlarni oilaga tayyorlash kurslarida bo‘lajak kelin-kuyovlarga oila huquqshunosligi, oila psixologiyasi, oilada ro‘zg‘orni boshqarish, reproduktiv salomatlik, dinda oilaviy munosabatlar, oiladagi ahloqiy va milliy qadriyatlar mavzularida suhbatlar olib borilmoqda.
Tinglovchilar sinov kurslaridan o‘zlari uchun kerakli ma'lumotlarni olayotganlarini ta'kidlashmoqda. Oila qurishga tayyorgarchilik ko‘rishda bunday kurslarning ahamiyati oshishiga umid bildirishmoqda.
Mavzuga oid

12:00 / 02.08.2025
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

19:19 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

20:35 / 28.07.2025