Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mashinist yordamchisi tok urishi oqibatida vafot etdi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Andijon viloyati Asaka tumanidagi "Axtachi" temir yo‘l bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
27 sentabr kuni soat 01:15da “Qo‘qon” lokomotiv deposi Andijon filiali mashinist yordamchisi Bahromov Dostonbek teplovoz tepasidagi suvni ko‘rish maqsadida uning ustiga chiqadi.
Dostonbek yuqori kuchlanishli elektr tokiga ehtiyotsizligi oqibatida tegib ketib, tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etadi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025