Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Germaniyaning IAMO (O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish) ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida ijtimoiy – iqtisodiy fanlarning roli” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligida islohotlarning borishi, yer-suvdan foydalanish masalalari, iqlim o‘zgarishlarining qishloq mahsulotlari ishlab chiqarishiga ta'siri, qishloq hududlarida mehnat resurslari va ularning migratsiyasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosida eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari muhokamasi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadlaridandir.
Konferentsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Innovatsion rivojlantirish vazirliklari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkillashtirilgan.
Mavzuga oid

14:47 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14:10 / 09.06.2025
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi

18:47 / 04.06.2025