Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘tkazilgan ko‘pkariga 60 mingdan ziyod odam keldi
Shu kuni vodiyda qadim ajdodlarimizdan meros uloq-ko‘pkariga qiziqish katta ekaniga guvoh bo‘ldik. Milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan o‘yinga kelgan tomoshabinlar sonini aniq aytib berishning iloji yo‘q edi. 60 ming ham taxminiy son.
Ulug‘nor tumani Andijon viloyatining cho‘l tumani. Kengliklar, katta maydonlarga boy. Tumanning Oq oltin qishlog‘ida viloyat qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlashdi. «Hosil bayrami» uchun 18 gektar maydon hozirlandi.
Barcha tumanlardan ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdi. Har bir tuman o‘zida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil qildi.
Bayramning asosiy tomoshasi esa – uloq-ko‘pkari bo‘ldi. Ulug‘norga yurtimizning turli chekkalaridan, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan ham chavandozlar kelishdi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barchani qizg‘in qutlab, bayram bilan samimiy tabrikladi. Davraga birinchi bo‘lib, ot solib musobaqani boshlab berdi.
600 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etgan ko‘pkari g‘oliblariga turli sovrinlar qo‘yilgandi. Xususan, bosh sovringa – «Kobalt» avtomobili, ikkinchi mukofot sifatida esa – «Spark» avtomobili qo‘yildi.
Andijon tumanidan bo‘lgan Sulaymon polvon Mamasoliyev barchadan chaqqon chiqdi. Unga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin - «Kobalt» avtomashinasi topshirildi. «Spark»ni esa Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Suzoq tumanidan kelgan Abduxalil polvon Sariqov o‘ziniki qildi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025