Sport | 16:30 / 23.01.2019
9555
2 daqiqa o‘qiladi

Milan-London-Madrid. Yevropada transfer uchburchagi

Bugun Yevropada uch nafar forvard yangi klublarida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Argentinalik forvard Gonsalo Iguain ayni vaqtda Milandan Londonga yo‘l olgan, u «Chelsi» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi klubi bilan shartnoma tuzadi. Transfer huquqi «Yuventusa»ga tegishli bo‘lgan argentinalik hujumchi mavsumning birinchi qismini ijara asosida «Milan»da o‘tkazdi. Endilikda londonliklar uni «Yuve»dan mavsum oxirigacha 9 million yevroga ijara olmoqda, kelishuvga ko‘ra, 6 oydan keyin uni 36 million yevro evaziga to‘liq xarid qilishlari mumkin.

O‘z navbatida ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata «Chelsi»ni tark etadi va o‘zining yoshlikdagi jamoasi «Atletiko»ga qaytadi. Madridliklar uni keyinchalik 55 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqda.

Va nihoyat «Milan» Iguain o‘rnini «Jyenoa»ning polshalik to‘purari Kshishtof Pentek bilan to‘ldirmoqda. Uning transferi «rossoneri» uchun 35 million yevroga tushadi.

Mavzuga oid