Jahon | 09:25 / 06.02.2019
7784
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika bilan chegarada “tirik devor” barpo etishga tayyorligini bildirdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp kongress Meksika bilan chegarada devor qurilishiga mablag‘ ajratmasa, u yerda odamlardan devor barpo etishga tayyorligini aytdi.

“Biz chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlar jo‘natdik. Zaruriyat bo‘lsa tirik odamlardan devor quramiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Trampning aytishicha, devor qurilishi keskin choralarga bormaslikka imkon beradi.

Avvalroq Tramp demokratlar bilan devor qurilishi bo‘yicha kelishib olishga urinishlarni “vaqtni behuda ketkazish” deb atagandi. OAV taxminiga ko‘ra, Tramp 2 haftadan keyin mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishi mumkin, bu esa unga devor qurilishiga pullarni kongressni chetlab o‘tgan holda olish imkonini beradi.

Mavzuga oid