Sport | 15:10 / 01.03.2019
2919
2 daqiqa o‘qiladi

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assembleyasiga jo‘nab ketdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

2-3 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etadi, deb ma'lum qildi qo‘mita matbuot xizmati.

Bosh Assambleya kun tartibida belgilanishicha, unda Jakarta-2018 yozgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi tayyorlagan yakuniy hisobot taqdim etiladi. Shuningdek, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari, Pekin-2022 qishki Olimpiadasi taqdimoti ham namoyish etiladi; «Olimpiya birdamligi» loyihasi bo‘yicha yangiliklar ma'lum qilinadi.

Shu bilan birga, Bosh Assambleya yig‘ilishida 2019-2022 yillar uchun OOK rahbariyati, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyalarining yangi tarkibi ham saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh Toshkentga kelgan, u bilan O‘zbekistonning 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi masalasi muhokama qilingan edi.

Mavzuga oid