Hindistonda 62 soat davomida vayronalar ostida qolib ketgan erkak qutqarildi

Foto: ANI
Hindistonda qutqaruvchilar 62 soat davomida qulab tushgan bino vayronalari ostida qolib ketgan erkakni qutqarishdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.
Bino 21 mart kuni Karnataka shtatidagi Dxarvad shahrida qulab tushgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, ayni paytga qadar 64 kishi qutqarib olingan, yana olti kishi vayronalar ostida qolmoqda.
Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyasida ofatlar vaqtida harakatlanish kuchlari, yong‘in xavfsizligi hamda tez yordam brigadalari ishtirok etmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bino egasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

18:51
Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida raketalarini sinovdan o‘tkazdi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

15:34 / 26.04.2025
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54 / 26.04.2025